Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkent tumanida besh kishi is gazidan zaharlandi

Toshkent tumanida besh kishi is gazidan zaharlandi

Toshkent tumanining “Oydinhayot” mahallasida yashovchi K.I. ismli ayolning uyi yerto‘lasiga o‘rnatilgan “Nefit” rusumli isitish pechi mo‘risidan 7 noyabr kuni sizib chiqqan is gazidan o‘zi va birga yashovchi qizi, ikki nafar nabirasi va mehmonda bo‘lgan qarindoshi zaharlanib kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, hozirda ushbu hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 31 oktyabr kuni Toshkentning Chilonzor tumanida bir kechada bir oilaning to‘rt farzandi is gazidan o‘tkir zaharlanib vafot etgandi.

Voqeadan so‘ng hukumat maxsus komissiyasi tuzildi. Uning oldiga shaxsiy uylarda isitish pechlari va isitish tizimlarini tekshirish va nazorat qilish vazifasi yuklatildi.

Komissiyaga O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov rahbar qilib tayinlangandi.

Kiritildi: 12:36 09.11.2018. O'qildi: 1146 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!