Bugun 24 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Toshkent shahrida uy-joy ijarasi oshgan

Toshkent shahrida uy-joy ijarasi oshgan

Mart oyida Toshkent shahrida uy-joy ijarasining o‘rtacha narxi har bir kvadrat metr uchun qariyb 8,9 dollarni tashkil etgan. Bu fevral oyiga nisbatan 2,7 foizga, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan esa 10,8 foizga yuqori.

Eng yuqori ijara narxlari asosan poytaxtning markaziy tumanlarida saqlanib qolmoqda. Jumladan, Mirobod, Shayxontohur, Yakkasaroy va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida bir kvadrat metr ijara narxi o‘rtacha 11 dollar atrofida bo‘lgan.

Shu bilan birga, yillik hisobda ijara narxlarining eng katta o‘sishi Yashnobod tumanida kuzatilib, 18,9 foizni tashkil etgan. Mirzo Ulug‘bek tumanida bu ko‘rsatkich 14,3 foiz, Yakkasaroy tumanida esa 12,5 foiz bo‘lgan.

Kiritildi: Bugun 08:45. O'qildi: 349 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!