Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universiteti tashkil etildi

A A A
Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universiteti tashkil etildi

“Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-261-son, 17.07.2024 y.) qabul qilindi.

🔰Qarorga ko‘ra, Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universiteti tashkil etiladi.

✔️ Muhandislik, sog‘liqni saqlash, axborot texnologiyalari, arxitektura va dizayn, iqtisodiyot va moliya, xalqaro munosabatlar sohalari uchun oliy ma’lumotli kadrlarni xalqaro standartlar darajasida tayyorlash Universitetning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri etib belgilan.

🗓 Universitet nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi hamda o‘z faoliyatini 2024/2025 o‘quv yilidan amalga oshiradi.

📝 Universitetda talabalarni o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda qabul parametrlari va talabalarni o‘qitish uchun to‘lov-kontrakt summasi Universitet tomonidan belgilanadi.

📜 Universitetga abituriyentlar qabuli va bitiruvchilar attestasiyasi Universitet tomonidan belgilangan talab va tartibga muvofiq amalga oshiriladi.

📌 Universitet to‘liq akademik, moliyaviy va tashkiliy mustaqil OTM hisoblanadi.

🗞 Universitet bitiruvchilariga Arizona davlat universitetining yoki AQShda tan olinadigan hamkor xorijiy oliy ta’lim tashkilotining diplomi beriladi. Bunda, bitiruvchilarga berilgan diplom O‘zbekistonda tan olinadi.

🎓Universitetda qo‘shma ta’lim dasturlarining xorijiy universitetda o‘qish qismini bakalavriatda “3+1”, magistraturada “1+1” va boshqa shaklda, jumladan, masofaviy tarzda amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

Kiritildi: 09:47 18.07.2024. O'qildi: 1505 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!