Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Toshkent shahar IIBB xodimlari og‘ir ahvolda qolgan ayolga yordam ko‘rsatdilar (VIDEO)

Toshkent shahar IIBB xodimlari og‘ir ahvolda qolgan ayolga yordam ko‘rsatdilar (VIDEO)

28-noyabr kuni internet tarmog‘ida tarqalgan videoda muallif Chilonzor tumanidagi masjid yonida tilanchilik qilayotgan ayolga yordam berishga chaqirardi.

Ma’lum qilamizki, shu kunning o‘zida Chilonzor tumani IIO FMB xodimlari masjid tomon yo‘l olishdi. Sovuqotib qolgan ayolni eng yaqin mahalla fuqarolar yig‘ini – «Yakkabog‘» mahallasiga keltirdilar va issiq choy berib, uning kimligi, qayerdan kelganligi va qanday yordamga muhtojligi haqida so‘radilar. Ayolning gaplariga qaraganda, uning ismi Parida-opa, yoshi 76 da, Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Uning uyi yong‘in oqibatida qulab tushgach, u farzandlari va nevaralari bilan Toshkentga ko‘chib kelgan. Poytaxtda ular ijaradagi xonadonda yashashadi, farzandlari ishsiz, oila og‘ir moliyaviy ahvolda qolganligi sababli u har kuni masjid yonida tilanchilik qilishga majbur bo‘layapti.

IIO FMBning ayollar masalalari bo‘yicha xodimalari Parida-opani Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish markaziga vaqtinchalik joylab, jizzaxlik hamkasblari bilan bog‘lanishdi. Olib borilgan ishlar davomida ma’lumotlarning bir qismi tasdiqlandi: Parida K. 1943 yilda Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida tug‘ilgan, hozirda u yerda qizi M.J. istiqomat qiladi. 3-dekabr kuni fuqaroga yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni Jizzax viloyati Do‘stlik tumani IIB o‘z bo‘yniga oldi.

Parida K.ning yashash sharoiti o‘rganilgach, uning oilaviy sharoiti yaxshi emasligi ma’lum bo‘ldi: farzandlari uni parvarish qilmaydilar, ba’zi sharoitlar sababli har doim ham onasidan xabar olish imkoniyatlari yo‘q. Uysiz qolganliklari sababli oilaviy holat yanada qiyinlashgan. Hozirgi vaqtda Parida-opa qizi M.J.ning qarovida. Jizzaxlik hamkasblarimiz ma’lum qilishlaricha, Parida-opaga yordam ko‘rsatish ishlarida Do‘stlik tumani hokimi o‘rinbosari G. Xolmurodov, ushbu tuman «Chinobod» MFY raisi M. Saidov va ayollar masalalari bo‘yicha profilaktika inspektori leytenant N. Rasulova ishtirok etishmoqda. Parida K.ning pensiya ta’minoti va stasionar davolanishga joylash masalasi hal qilinmoqda.      

 

Kiritildi: 17:45 04.12.2019. O'qildi: 2221 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!