Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Toshkent shahar hokimligi ogohlantirdi!

A A A
Toshkent shahar hokimligi ogohlantirdi!

Toshkent shahar hokimligi tomonidan ta’mirtalab bo‘lgan O‘zbekiston Milliy universiteti hamda talabalar shaharchasi hududlarida keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari boshlandi.

Shaharsozlik talablariga javob beradigan, zamonaviy arxitekturaga mos piyodalar yo‘laklari, maxsus velosiped yo‘llari, avtomashinalar uchun esa 400 o‘rinli avtoturargohlar barpo etilmoqda. 5600 kv.metr avtomobil yo‘llari asfalt qilinib, avtomototransportlar qatnovi chegaralanadi, 11 ming kv.metrga yashil maysalar yotqiziladi, 1,800 p/metr irrigasiya tarmoqlari yangilanadi.

Hokimlik Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, talabalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, zamonaviy o‘rindiqlar o‘rnatiladi.

Hurmatli fuqarolar, shahrimiz mehmonlari, aziz talabalar! Olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari sabab vaqtinchalik yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun Toshkent shahar hokimligi uzr so‘raydi , deyiladi xabarda.

Ushbu qurilish ishlarini 15 kun muddatda yakunlash rejalashtirilgan.

Qalampir.uz

Kiritildi: 16:16 31.01.2019. O'qildi: 2661 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik