Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev: Menga va komandamga pora kerakmas

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev: Menga va komandamga pora kerakmas

Qonunchilik palatasi deputati, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Alisher Qodirov Toshkent shahar hokimining korrupsiya borasidagi ogohlantirishiga munosabat bildirdi.

Deputat Jahongir Ortiqxo‘jayevdan quyidagicha iqtibos keltirgan:

«Hokimliklar, ayyor o‘yinlar qilishni bas qiling. Yana bir bor ogohlantiraman. Yer berilishi shaffof va korrupsiyasiz bo‘lishi kerak. Menga va komandamga pora kerakmas. Yoki Prezidentimizni tushunib, yelkama-elka yonida turib, katta maqsadimizga birga erishamiz, xalqni rozi qilamiz, yorqin kelajagimizni yaratamiz. Yoki yo‘q bo‘lamiz».

Alisher Qodirovga ko‘ra, «Har bir rahbar shunday fikrlasa, bizni hech kim to‘xtatolmaydi!»

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 10:16 15.07.2018. O'qildi: 5519 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!