Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Toshkent metrosida yo‘lovchining pauerbanki tutab ketdi

Toshkent metrosida yo‘lovchining pauerbanki tutab ketdi

Ta’kidlanishicha, hodisa kecha “Rohat” va “Olmos” bekatlari o‘rtasida harakatlanayotgan poyezd vagonida sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, pauerbank tutab ketganidan so‘ng uning egasi qurilmani vagon poliga uloqtirib yuborgan.

"Hodisa joriy yilning 7 iyun kuni soat 9:15 atrofida Rohat-Olmos metro bekatlari orasida harakatlanayotgan 85-sonli harakat tarkibi vagonlaridan birida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchiga tegishli uyali aloqa qurulmasi texnik nosozlik sababli tutun chiqqan. Shundan so‘ng qurilma vagon poliga tashlangan va metro xodimlari tomonidan vaziyat tezkor nazoratga olinib, keyingi bekatda ushbu buyum harakat tarkibidan olib tashlangan.

Ta’kidlash joizki, hodisa poyezdlar harakati xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatmagan hamda yo‘lovchilar uchun jiddiy xavf tug‘dirmagan. Harakat tarkiblari belgilangan jadval asosida o‘z faoliyatini davom ettirgan.

Shu o‘rinda yo‘lovchilardan quvvatlash qurilmalari, litiy-ion batareyalar bilan jihozlangan boshqa elektron vositalardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini hamda texnik nosozlik alomatlari kuzatilgan qurilmalardan foydalanmasliklarini so‘rab qolamiz", deyiladi xabarda..

Kiritildi: Bugun 13:50. O'qildi: 307 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!