Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Toshkent metrosida yana muammo. Bu safar yo‘lovchilar tushirib yuborildi

Toshkent metrosida yana muammo. Bu safar yo‘lovchilar tushirib yuborildi

Toshkent metropoliteni «Amir Temur xiyoboni» bekatida barcha yo‘lovchilar tushirib yuborildi, ijtimoiy tarmoqlarda voqea aks etgan videolar tarqaldi.

Voqea joyida bo‘lgan UzReport’ning ma’lum qilishicha, 13 may kuni soat 10:30 lar atrofida «Buyuk ipak yo‘li» bekatida yo‘lovchilar, taxminan, 30-40 daqiqa atrofida poyezd kelishini kutgan. Yarim soatlik kutish natijasida metropoliten bekatida juda ko‘p odam yig‘ilib qolgan. Shundan so‘ng poyezd teskari tomonga harakatlanib, yo‘lovchilarni «Amir Temur xiyoboni» bekatigacha olib kelgan.

«Hamid Olimjon» bekatidan «Amir Temur xiyoboni» bekatigacha bo‘lgan oraliqda poyezd to‘xtab qolgan. Ammo mashinist poyezd harakatda davom etishini ma’lum qilgan va bir daqiqa ichida harakat davom etgan.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasining holat yuzasidan bergan izohida aytilishicha, shu kuni Chilonzor yo‘nalishida texnik-profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan soat 10:30 dan 11:00 gacha poyezdlar aylanmasi «Amir Temur xiyoboni» bekatiga amalga oshirilgan.

Poyezdlar Sergeli yo‘nalishining «5-bekat»dan «Amir Temur xiyoboni» bekatigacha grafik asosida harakatlanib, «Amir Temur xiyoboni» bekatidan «Buyuk ipak yo‘li» bekatigacha poyezdlar bir tomonlama harakatlangan.

Qayd etilishicha, ayni paytda poyezdlar o‘rnatilgan tartibda va harakat jadvaliga asosan harakatlanmoqda.

Kiritildi: 17:09 13.05.2021. O'qildi: 3206 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!