Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Toshkent metrosida internet ishlayapti: uning tezligi qancha?

A A A
Toshkent metrosida internet ishlayapti: uning tezligi qancha?

Toshkent metrosining ikki – “Mustaqillik maydoni” va “Amir Temur xiyoboni” bekatlarida mobil aloqa ishlashni boshladi. Internet tezligi bekatlarning turli qismlarida soniyasiga 12 mbitdan 34 – 37 mbitgacha yetadi. Metro nazoratchilarining ma’lum qilishicha, tez orada bekatlar Wi-Fi aloqasi bilan ham ta’minlanadi.

Toshkent metropolitenining “Mustaqillik maydoni” va “Amir Temur” bekatlarida mobil aloqadan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Togri.uz muxbiri metrodagi mobil internet tezligini tekshirib ko‘rish uchun ikki bekatda bo‘ldi. Dastlab “Mustaqillik maydoni” bekatida internet tezligi soniyasiga 27 megabitga, so‘ng 35 megabitga chiqqan.

“Amir Temur xiyoboni” bekatigacha vagonlarda mobil aloqa, internet hozircha ishlamayapti.

Metro bekatining kutish qismida mobil internet tezligi soniyasiga 37 megabitgacha chiqqan.

Ma’lumot uchun, bekatlardagi internet aloqasi ICT EXPO 2019 ko‘rgazmasi doirasida Ucell kompaniyasi tomonidan sinov uchun ishga tushirilgan. Metroda 5G aloqasi ham ishlay boshlagan. Bu O‘zbekistondagi ilk 5G ulanish hisoblanadi.

Kiritildi: 14:41 26.09.2019. O'qildi: 3049 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik