Bu haqda Toshkent metropoliteni bosh muhandisi o‘rinbosari Akmal Aliqulov INNOPROMda ma’lum qildi, deb yozadi @SputnikUzbek muxbiri.
"Metropolitenda elektr xarajatlarini kamaytirish uchun quyosh panellari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Hozirga kelib, umumiy quvvati 3,8 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyalari ishga tushirildi." dedi u.
Masalan, “Chilonzor” deposi o‘zini to‘liq elektr bilan ta’minlab, ortiqcha energiyani shahar tarmog‘iga uzatmoqda, “Chinor” bekatida ham quyosh panellari ishlamoqda.
Shuningdek, “O‘zbekiston” deposidagi yirik stansiya esa yaqin yillarda ishlab chiqarish hajmini keskin oshirishi kutmoqda.