Bugun 31 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Toshkent metropolitenida poyezdlar intervallari qisqartiriladi

Toshkent metropolitenida poyezdlar intervallari qisqartiriladi

Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan Toshkent metropolitenida yo‘lovchilar oqimi ortishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Poytaxtdagi oliy ta’lim muassasalarida mashg‘ulotlarning birinchi smenasi soat 08:00 dan boshlanishi sababli ertalabki va kechki tig‘iz vaqtlarda poyezdlar harakati intervallari qisqartiriladi.

Xususan, Chilonzor yo‘nalishida poyezdlar 1,5–2 daqiqada, O‘zbekiston yo‘nalishida 3 daqiqada, Yunusobod yo‘nalishida 4 daqiqada, Yer usti halqa yo‘lida esa 7–8 daqiqada harakatlanishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, 2026 yil davomida metro vagonlari parkini 14 ta zamonaviy harakat tarkibi bilan to‘ldirish ko‘zda tutilgan. Hozirga qadar 11 ta tarkib yetkazib berilgan.

Yo‘lovchilar xavfsizligi va xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlash maqsadida tig‘iz vaqtlarda metropolitenning barcha 50 ta bekatida navbatchilik tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Kiritildi: 21:01 30.08.2026. O'qildi: 533 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!