Bugun 6 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkent metrocida 9 dekabrdan 16 ta kassa yopiladi

Toshkent metrocida 9 dekabrdan 16 ta kassa yopiladi

Toshkent metropolitenida 2025 yil 9 dekabrdan boshlab jami 16 ta kassa faoliyati to‘xtatiladi. Bu choralar to‘lov tizimida shaffoflikni oshirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va elektron to‘lovlarni kengaytirish maqsadida ko‘rilmoqda.

Kassalar “Er ustki halqa yo‘li” yo‘nalishidagi barcha 14 ta bekatda, shuningdek “Paxtakor” va “Alisher Navoiy” bekatlarida yopiladi.

Ularning o‘rniga yo‘lovchilar uchun zamonaviy QR-kodli chiptalar beruvchi infokioskalar o‘rnatildi.

Infokioskalar afzalliklari:

  • Naqd pulga bog‘liqlikni kamaytiradi, to‘lov jarayonini yanada shaffof va xavfsiz qiladi;
  • Chipta xarid qilish jarayonini tezlashtiradi va navbatlarni qisqartiradi;
  • QR-kodli chiptani mobil telefon orqali yoki qog‘ozga chiqarilgan kvitansiya ko‘rinishida qo‘llash imkonini beradi.
Kiritildi: Bugun 13:31. O'qildi: 168 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!