18 oktyabr kuni soat 09:00 da IQAir ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkentda havo ifloslanishi indeksi 163 ballni tashkil etdi.
Havodagi PM2,5 zarrachalari miqdori 73 mkg/m³ ga yetdi. Bu JSST tavsiya etgan yillik o‘rtacha me’yordan 14,6 barobar yuqori.
O‘zgidromet ma’lumotlarida esa PM2,5 ko‘rsatkichi 60 mkg/m³, PM10 miqdori 114 mkg/m³ bo‘lgan. Namanganda ham havo sifati «zararli» darajada ekani xabar qilinmoqda.
Mutaxassislar aholiga, ayniqsa, bolalar, keksalar va surunkali kasalligi bor insonlarga ko‘chada uzoq vaqt qolmaslik va ochiq havoda jismoniy mashg‘ulotlarni cheklashni tavsiya etadi.