Anomal issiqda relslar me’yordan (55°S) ortiq qizib ketayotgani sabab shunday qaror qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 15 iyuldan boshlab yer usti metrosida poyezdlarning harakat tezligi har kuni soat 18:00 gacha 60 km/soatdan 40 km/soatgacha cheklanadi.
“Mazkur vaqtinchalik cheklov poyezdlar harakat intervaliga ham qisman ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu bois yo‘nalishda metro poyezdlarning kelish vaqti 14 daqiqagacha uzayishi kutilmoqda”, deyiladi metro ma’muriyati xabarida.