Bugun 24 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Toshkent–Dubay yo‘nalishidagi qator reyslar bekor qilindi

Toshkent–Dubay yo‘nalishidagi qator reyslar bekor qilindi

Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyat munosabati bilan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent–Dubay–Toshkent yo‘nalishidagi ayrim reyslar bekor qilinganini ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2026 yil 24, 26, 27 va 29 mart kunlariga belgilangan HY333/334 reyslari amalga oshirilmaydi.

Aviakompaniyaga ko‘ra, bekor qilingan reyslar yo‘lovchilari chiptalarini aviakompaniyaning istalgan keyingi reyslariga bepul qayta rasmiylashtirishi yoki chipta xarid qilingan joy orqali mablag‘larni to‘liq qaytarib olishi mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun Uzbekistan Airways yagona aloqa markaziga (+998 78 140 02 00) yoki aviakompaniyaning BAAdagi vakolatxonasiga (+971 4 256 88 14) murojaat qilish mumkin.

Kiritildi: Bugun 14:05. O'qildi: 321 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!