Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

“Toshkent-Chirchiq-Xo‘jakent” yo‘nalishidagi Salar stansiyasi to‘liq ta’mirdan chiqdi

“Toshkent-Chirchiq-Xo‘jakent” yo‘nalishidagi Salar stansiyasi to‘liq ta’mirdan chiqdi

“Toshkent-Chirchiq-Xo‘jakent yo‘nalishi bo‘yicha Uzelga qarashli Salar stansiyasi 1 km 6 piketdan 2 km 3 piketgacha bo‘lgan masofadagi po‘lat izlar to‘liq kapital ta’mirdan chiqarildi. Bu haqda "Toshkent MTU” unitar korxonasi xabar berdi.

Hozirda “Toshkent-Chirchiq-Xo‘jakent yo‘nalishida tezyurar elektropoyezdlar harakatini tashkil etish” loyihasi amalga oshirilmoqda.

“Toshkent MTU” unitar korxonasining yo‘l, aloqa, energetika xo‘jaliklari va tarmoqdagi boshqa korxonalar hamkorligida “Toshkent-Chirchiq-Xo‘jakent” yo‘nalishida elektropoyezdlar tezligini yanada oshirish uchun po‘lat izlarni tubdan ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Ayni kunda ushbu yo‘nalishda temir yo‘l atroflarini to‘sish, loyihada belgilangan hududlarda sun’iy inshootlar, yo‘l o‘tkazgichlarni qurish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot uchun, Toshkent - Chirchiq - Xo‘jakent yo‘nalishi bo‘yicha tezyurar elektropoyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish 2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturida nazarda tutilgan.

Kiritildi: 13:24 12.05.2022. O'qildi: 1929 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!