Poytaxt ma’muriyati ma’lum qilishicha, jamoat transporti bekatlarida joylashgan 110 ta savdo ob’ekti aniqlangan.
Tekshiruvda ularning 61 tasi bekat hududidan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eta olmagani ma’lum bo‘ldi.
Shu munosabat bilan bekatlarda do‘konlar bo‘lmaydi, barcha bekatlar bosqichma-bosqich yangilanadi.
Qonuniy hujjatlarga ega tadbirkorlarga esa savdo nuqtalarini boshqa joyga ko‘chirish orqali kompensasiya berish mexanizmi qo‘llanadi.