Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkent aeroporti uchun "ambulift"lar sotib olindi

Toshkent aeroporti uchun "ambulift"lar sotib olindi

​“Toshkent” aeroportidagi maxsus texnika parki yangi "ambulift"lar bilan to‘ldirildi, deya xabar berdi "Uzbekistan Airports".

"Uzbekistan Airports" kompaniyasi Toshkent aeroporti uchun mahalliy ishlab chiqaruvchi "MCity" kompaniyasidan ikkita yangi "ambulift" sotib oldi.

“Hozirda poytaxt aeroportida jami to‘rtta shunday ixtisoslashtirilgan mashinalar mavjud”, — deyiladi xabarda.

"Uzbekistan Airports" maxsus transport parkini yangilash va modernizasiya qilish maqsadida quyidagilarni xarid qilmoqda:

ichimlik suvi yetkazib beruvchi yangi mashinalar;

perron avtobuslari;

oqova suvlarni tozalovchi, aerodrom majmuasini tozalash uchun yangi universal mashinalar;

samolyotlarni muzdan tozalash mashinalari;

samolyot tashuvchi transport;

dvigatellarni yerda ishga tushirish qurilmalari;

samolyot saloni uchun havo kondisionerlari va boshqalar.

Ma’lumot uchun, ambulift nogironligi bo‘lgan yo‘lovchilarni samolyot bortiga olib chiqish va undan tushirish uchun mo‘ljallangan, eshiklari ikki tomondan ochiladigan to‘liq qoplangan kuzovli maxsus transport vositasidir. Ushbu transport nogironlar aravachasidagi, yotuvchi yo‘lovchilar va ularga hamrohlik qiluvchi xodimlar uchun mo‘ljallangan.

Kiritildi: 21:51 22.04.2024. O'qildi: 1008 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!