Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

"Toqayevning xorijda hech qanday boyliklari yo‘q" — matbuot kotibi

A A A
"Toqayevning xorijda hech qanday boyliklari yo‘q" — matbuot kotibi

Qozog‘iston prezidenti matbuot kotibi Berik Uali «Sekreti Credit Suisse» loyihasi doirasida Qosim-Jomart Toqayev oilasining ofshor kompaniyalariga oid tergovga izoh berdi. Uning aytishicha, Toqayevning xorijda hisob raqamlari yo‘q va sobiq rafiqasi ham xorijiy ko‘chmas mulkka ega emas.

“Davlat rahbari Qosim-Jomart Toqayevning Shveysariya banklarida hisob raqamlari yo‘q, bu haqda ba’zi OAVlar yozishni boshladi. Prezident xorijiy banklarda, offshor kompaniyalarda hisob raqamlariga ega emas, xorijiy ko‘chmas mulkka ham ega emas. Qosim-Jomart Kemelevichning sobiq rafiqasi hech qachon nashrda ko‘rsatilgan mulklarga egalik qilmagan”, — deb yozdi Uali.

Prezidentning o‘g‘li Timur Toqayevga kelsak, matbuot kotibi u 38 yoshda, tadbirkorlik bilan shug‘ullangani va hech qachon davlat xizmatida ishlamaganini ta’kidladi.

Kiritildi: 16:00 21.02.2022. O'qildi: 3186 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik