Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Toqayev "Vagner" isyoni haqida: "Bu Rossiyaning ichki ishi bo‘lsa-da, biz juda xavotirlandik"

A A A
Toqayev "Vagner" isyoni haqida: "Bu Rossiyaning ichki ishi bo‘lsa-da, biz juda xavotirlandik"

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 25 iyun kuni Rossiyada ichki ziddiyatning kuchayishi munosabati bilan Xavfsizlik kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishini o‘tkazdi. Uchrashuvda Toqayev Rossiya Federasiyasida harbiy harakatlar to‘xtatilganini olqishladi.

Qozog‘iston rahbari Rossiyadagi vaziyat bilan bog‘liq topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan hisobot bergan Bosh vazir, Bosh prokuror, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi, Mudofaa, Ichki ishlar va Tashqi ishlar vazirlarining hisobotlarini tingladi.

“Rossiyada sodir bo‘lgan voqea uning ichki ishi bo‘lishiga qaramay, Qozog‘iston xalqi eng uzun chegaraga ega bo‘lgan do‘st mamlakatdagi vaziyatni xavotir bilan qabul qildi. Prezident Rossiya Qozog‘istonning strategik hamkori ekanligini ta’kidladi”, — deyiladi Qozog‘iston Respublikasi prezidenti matbuot xizmati xabarida.

Kiritildi: 16:18 25.06.2023. O'qildi: 3621 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!