Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Toni Bler: G‘arb hukmronligi davri tugadi

A A A
Toni Bler: G‘arb hukmronligi davri tugadi

Tez orada dunyo global geosiyosiy o‘zgarishlar va ko‘p qutblikka o‘tish bilan yuzlashadi, buning natijasida esa G‘arb hukmronligi barham topadi.

Bu bayonotni Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri (1997-2007 yillar) Toni Bler shanba kuni “Ditchli” Britaniya-Amerika jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda aytdi.

“Asrning eng yirik geosiyosiy o‘zgarishi Rossiya emas, Xitoy tomonidan qo‘zg‘atiladi. G‘arb siyosiy va iqtisodiy hukmronligining oxiri yaqinlashmoqda. Dunyo hech bo‘lmaganda ikki qutbli, ehtimol ko‘p qutbli bo‘ladi. Zamonaviy tarixda birinchi marta Sharq G‘arb bilan tenglashishi mumkin”.

Blerning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy “allaqachon dunyodagi ikkinchi eng qudratli davlatga aylandi. Mamlakatning iqtisodiy salohiyati, jahon iqtisodiyotiga qo‘shayotgan hissasi Rossiyanikidan yuqori”. Bundan tashqari “Xitoy zamonaviy texnologiya sohasida Amerikaga yetib oldi” va ba’zi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zib ketish bilan tahdid qilmoqda. G‘arbga nafrat bilan qarashini, Rossiyaga yaqinlashayotganini va nihoyat, Tayvan muammosini hal qilmoqchi ekanini yashirmayaptdi.

Uning fikricha, Rossiya va ehtimol Eron yaqin kelajakda Xitoy ittifoqchisiga aylanadi.

Siyosatchi “G-20” guruhi davlatlarining Ukraina inqiroziga qarashidagi kelishmovchilikni G‘arb uchun ogohlantirish, deb atadi. Xitoy bilan munosabatni “kuch va hamkorlik” tamoyili asosida olib borishga chaqirdi.

Blerning so‘zlariga ko‘ra, shunga qaramasdan, G‘arb harbiy xarajatini oshira borishi va kelajakda Xitoyga har qanday holatda ham qarshilik ko‘rsata oladigan darajada kuchli bo‘lib qolishi kerak. Shu bilan birga Pekin bilan aloqa muvozanatini saqlab, o‘zini tajovuzkor emas, pragmatik, o‘zaro hurmatga asoslangan hamkor sifatida namoyish kilishi lozim.

Sobiq Bosh vazir, shuningdek, G‘arb demokratlarini yumshoq kuchdan faolroq foydalanishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rivojlanayotgan davlatlar sarmoya qiritishni taklif qilayotgan xitoylik hamkorlar bilan munosabatda hozir ancha ehtiyotkorlik ko‘rsatmoqdalar.

Bler fikricha, G‘arb Afrikada yetishib chiqayotgan liderlarning yangi avlodini qo‘llab-quvvatlashi kerak. Xitoy aholisi qisqargan sari ular ko‘payib boraveradi. Yaqin Sharq, Hindiston va Indoneziya ham G‘arb tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘lib qolishi kerak, deya yakun yasagan so‘ziga Buyuk Britaniya sobiq Bosh vaziri.

Kiritildi: 17:00 17.07.2022. O'qildi: 7255 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik