Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Tong tabassumi!.. (16-qism)

Tong tabassumi!.. (16-qism)

Ota o‘g‘lidan so‘radi:

— Zoologiyadan a’lo baho olibsanmi?

— Ha.

— Qaysi savolga javob berding?

— Ustozim tuyaqushning oyog‘i nechtaligini so‘radi.

— Nima deb javob berding?

— Tuyaqushning oyog‘i uchta dedim.

— To‘xta, tuyaqushning oyog‘i ikkita-ku!

— Hamma gap shunda-da! Boshqalar tuyaqushning oyog‘i to‘rtta deb javob berishdi.

 

* * *

 

To‘rt yashar bola onasiga dedi:

— Bugun bog‘chamizda bizni do‘xtir tekshirdi.

— Nimani tekshirdi?

— Nafas olayotgan-olmayotganimizni tekshirdi.

 

* * *

 

Qushlar ko‘rgazmasida uchta to‘tiqush sotuvga qo‘yilgan. Birining narxi yuz ming, ikkinchisiniki besh yuz ming, uchinchisiniki esa bir million so‘m. Xaridorlardan biri so‘radi:

— Nega manavi to‘tining narxi yuz ming so‘m?

— U ikkita tilda bemalol gapiradi.

— Besh yuz ming so‘mligi-chi?

— U uchta tilda gapiradi.

— Xo‘p, u holda anavi to‘tining narxi nega bir million so‘m? U qanday karomat ko‘rsatadi?

— Hech qanday karomat ko‘rsatmaydi. Bu to‘ti anavi ikkalasining boshlig‘i.

Kiritildi: 07:00 21.10.2020. O'qildi: 2099 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!