Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Tomorqaga nima ekishni endi hukumat belgilaydi

Tomorqaga nima ekishni endi hukumat belgilaydi

Bir mahalla bir mahsulot tamoyili asosida endi dehqon xo‘jaliklari va tomorqasi borlar yeriga nima ekishni bundan buyon o‘zlari hal qila olmaydilar. Vazirlar Mahkamasining 17 aprel kungi qaroriga muvofiq har bir hudud muayyan ekinga moslashtiriladi.

Qarorga ko‘ra:

  • Har bir tuman, har bir mahalla tuprog‘i, iqlim sharoiti, suv ta’minotini hisobga olib ixtisoslashadi.
  • Har bir viloyat, tuman 2019 yil uchun prognoz ko‘rsatkichi ga ko‘ra sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtirilishi lozim. Buni tuman hokimlari, prokurorlari, IIB va DSI boshliqlari nazorat qiladi.
  • Har bir viloyatda yetishtirilgan sabzavot va poliz mahsulotlarining qanchasi ichki iste’mol uchun va yana qanchasi eksport qilinishi prognoz ko‘rsatkichi dan kelib chiqib belgilanadi.

Qarorda 2018 yilda 69,4 ming gektar tomorqa yer maydonining 4 ming gektariga ekin ekilmagani qayd etilgan. Hukumat ularga ekin ektirmoqchi. Shu bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish, aholisining daromadi oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Bu nimasi bilan muhim?

Bu qaror O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini boshqarishni yanada markazlashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni markazdan rejalashtirish kuchaytirilayotganini anglatadi.

minbar.uz

Kiritildi: 17:48 20.04.2019. O'qildi: 4045 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!