Germaniya milliy jamoasi hujumchisi Tomas Myuller xalqaro faoliyatini yakunlashga qaror qilgan.
Jurnalist Kristian Falk va insayder Fabrisio Romanoning xabariga ko‘ra, Tomas Myuller Yevro-2024 chorakfinali doirasidagi Ispaniyaga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan (1:2) keyin milliy jamoadagi faoliyatini yakunlash qaroriga kelgan.
Ma’lumot uchun, Myuller 2004-2009 yillar davomida Germaniyaning turli yosh toifasidagi terma jamoalarida harakat qilgan bo‘lsa, 2010 yildan buyon milliy jamoa sharafini himoya qilib kelmoqda. U JCH-2010da nemislar safida bronza, JCH-2014da esa chempionlikni qo‘lga kiritgandi. 2012 yilgi Yevropa chempionatida esa bronza medaliga ega chiqqan.
34 yoshli Myuller «nemis mashinasi» safida jami 131 o‘yinda 45ta golga mualliflik qilgan.
Avvalroq, Tomas Kross Ispaniyaga qarshi o‘yinda Germaniya milliy jamoa safidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazib, faoliyatini yakunlagan edi.