Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

"Tolibon" voqeasi Xitoy va Rossiyani birlashtiradi — manba

"Tolibon" voqeasi Xitoy va Rossiyani birlashtiradi — manba

Afg‘onistondan Amerika qo‘shinlari chiqarilgandan keyin mamlakatdagi vaziyatning rivojlanishi Rossiya va Xitoyni terrorizmga qarshi kurashda yaqin hamkorlikka undaydi. Xitoylik mutaxassislarning bunday fikrini South China Morning Post nashri keltiradi.

"Moskva va Pekin birgalikda ishlashning umumiy sababi bor", - deydi Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasi tadqiqotchisi Su Chang. Unga ko‘ra, Afg‘onistonda xavfsizlik tahdidlarining jiddiy o‘chog‘i kuchaymoqda. "Hokimiyat o‘tishi bilan, giyohvand moddalar kontrabandasi, terroristik hujumlar va ekstremistlar ishtirokidagi boshqa jinoyatlarga barham berish qiyinlashadi", - deydi tahlilchi.

"Bu Xitoy va Rossiyani xavfsizlik sohasida birgalikda ishlashga undayotgan jiddiy muammolar. Rossiya Federasiyasi xavfsizlikni ta’minlashi va giyohvand moddalar oqimini to‘xtatishi, Xitoy esa Sharqiy Turkiston Islomiy Harakati jangarilarining Shinjon avtonom viloyatiga kirishining oldini olishi kerak", - dedi Su Chan.

Kiritildi: 09:06 16.08.2021. O'qildi: 3617 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!