Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Tolibon" Tojikiston va O‘zbekiston chegarasiga 10 ming nafar askar jo‘natmoqda — manba

"Tolibon" Tojikiston va O‘zbekiston chegarasiga 10 ming nafar askar jo‘natmoqda — manba

«Tolibon» Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaradosh viloyatlarga zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan qurollangan 10 ming askarini jo‘natmoqda, deb xabar berdi "ASIA-Plyus" «Tolibon» qurolli kuchlari bosh shtabi rahbari Qori Fasihuddin Fitratga tayanib.

«Mamlakatning shimoliy va shimoli-sharqiy viloyatlarida joylashtirilgan NATO va AQSh tizimining eng zamonaviy texnologiyalari bilan qurollangan 10 ming kishilik kuchli armiya har qanday qurolli harakatga qarshi chora ko‘radi», — dedi Fitrat Tvitterda.

«Qisqa vaqt ichida jangovar samolyotlar tayyor bo‘ladi va bu qudratli kuchni qo‘llab-quvvatlaydi», — deya qo‘shimcha qildi "Tolibon" vakili.

Afg‘onistonning shimolidagi Balx viloyati O‘zbekiston bilan, shimoli-sharqiy Qunduz, Taxor va Badaxshon viloyatlari Tojikiston bilan chegaradosh.

Avvalroq KXSHT bosh kotibi Stanislav Zas Afg‘onistondan qo‘shni davlatlar hududida "Tolibon" tomonidan harbiy ekspansiyaning aniq tahdidi yo‘qligini ma’lum qilgandi.

«Ha, biz hozirda qo‘shni davlatlar, jumladan, KXSHTga a’zo bo‘lgan Tojikiston hududida "Tolibon" tomonidan harbiy ekspansiyaning bunday to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdidi yo‘qligini ko‘rib turibmiz. Shuningdek, giyohvand moddalar savdosi saqlanib qolmoqda», dedi u Valday xalqaro munozara klubining «Yangi davrda kollektiv xavfsizlik: KXSHT tajribasi va istiqbollari» konferensiyasida.

Zas Afg‘onistonda davom etayotgan ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz va gumanitar falokat sharoitida bu tahdidlarning dolzarbligi ortib borayotganini, chunki u yerda to‘dalar, terrorchilik tashkilotlari va giyohvand moddalar savdosi faollashayotgani, bu odamlarning omon qolish manbalaridan biri bo‘layotganini ta’kidladi. .

«Albatta, biz buni yodda tutganmiz va bundan keyin ham tojik-afg‘on chegarasini mustahkamlash va janubiy chegaralarimiz xavfsizligini ta’minlashga katta e’tibor qaratish niyatidamiz», — deya qo‘shimcha qildi Stanislav Zas.

Kiritildi: 14:02 14.02.2022. O'qildi: 7716 marta. Fikrlar soni: 13 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!