Bugun 22 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

“Tolibon” Qozondagi BRIKS sammitida ishtirok etmoqchi

“Tolibon” Qozondagi BRIKS sammitida ishtirok etmoqchi

Afg‘onistonda hokimiyat tepasida bo‘lgan “Tolibon” harakati Qozonda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan sammitda ishtirok etish uchun Moskvaga yozma so‘rov yubordi.

Maktub Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakovga yo‘llangan. Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Nuriddin Aziziy sammitda Afg‘onistonning amaldagi rasmiylari ishtirok etishi muhimligini ta’kidlagan.

“Biz sammitda yuqori darajadagi delegasiya, jumladan Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari Abdul G‘ani Baradar, men hamda boshqa qatnashchilar qatori ishtirok etishdan manfaatdormiz”, deyiladi Aziziyning Ushakovga yo‘llagan maktubida.

Ariza haqidagi ma’lumotni Afg‘onistondagi Rossiya biznes markazi rahbari Rustam Xabibullin ham tasdiqlagan.

“Afg‘oniston hukumati 22—24 oktyabr kunlari Qozonda bo‘lib o‘tadigan BRIKS sammitida mamlakat oliy rahbariyatining ishtiroki uchun yozma ariza topshirdi”, deydi Xabibullin.

2021 yil avgust oyi boshida “Tolibon” afg‘on hukumat kuchlariga qarshi hujumni kuchaytirgan, 15 avgust kuni Kobulga kirib kelgan hamda ertasi kuni urush yakunlanganini e’lon qilgan. Avgust oyining so‘nggi ikki haftasida Amerika harbiylari himoyasida bo‘lgan Kobul aeroportidan G‘arb davlatlari fuqarolari va ular bilan hamkorlik qilayotgan afg‘onlarni ommaviy evakuasiya qilish amalga oshirilgan.

Avgust oxirida amerikalik harbiylar Kobul aeroportini tark etib, Afg‘onistondagi amerikalik harbiylarning qariyb 20 yillik faoliyatiga yakun yasagan.

Kiritildi: Bugun 10:15. O'qildi: 291 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!