Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

“Tolibon” Baydenga shart qo‘ydi

“Tolibon” Baydenga shart qo‘ydi

“Tolibon” harakati AQShning yangi prezidenti Jo Bayden kelgusi yilning mayigacha amerikalik askarlarni Afg‘onistondan olib chiqib ketmasa, xorijlik harbiylarga qarshi hujumlar qaytadan boshlashini mumkinligini ma’lum qildi. 

Harakatning Bi-bi-siga intervyu bergan yuqori martabali vakillaridan biri Afg‘onistonda maygacha birorta ham chet ellik askar qolmasligi kerakligi ta’kidlagan. Toliblar xorijiy qo‘shinlarni “ishg‘olchi kuchlar” deya ta’riflaydi. 

Jo Bayden saylovoldi kampaniyasi chog‘ida amerikalik askarlarni Afg‘onistondan olib chiqishni istashini, biroq ularning bir qismi “terrorchilikka qarshi kurashish uchun” u yerda qolishi zarurligini aytgan edi. 

Joriy yilning fevralida “Tolibon” va AQSh o‘rtasida bitim imzolandi. Unga ko‘ra, 12 ming amerikalik askar Afg‘onistonni bosqichma-bosqich tark etishi zarur. Toliblar esa Afg‘onistonning terrorchi guruhlar uchun boshpanaga aylanmasligiga kafolat bergan. 

Kiritildi: 11:16 15.12.2020. O'qildi: 5761 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!