Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

«Tolibon» Afg‘onistonning kelgusi uch oylik byudjetini tasdiqladi

«Tolibon» Afg‘onistonning kelgusi uch oylik byudjetini tasdiqladi

“Tolibon” harakati kelgusi uch oy uchun (21 martga qadar bo‘lgan) qariyb 509,4 million dollarlik davlat byudjetini tasdiqladi. Bu haqda Afg‘oniston Moliya vazirligi saytida ma’lum qilingan

Jami byudjet 53,9 milliard afg‘onini (hozirgi kurs bo‘yicha 509,4 million dollarni) tashkil etadi, shundan 49,2 milliard afg‘oni (465 million dollar) oddiy byudjet, 4,7 milliard afg‘oni (44,4 million dollar) esa rivojlanish byudjetidir.

Avvalroq «Tolibon» tomonidan tuzilgan muvaqqat hukumat mamlakatda moliyaviy yilni 21 martdan boshlashga qaror qilgan edi. Qayd etilishicha, endi Afg‘oniston byudjeti xorijiy moliyaviy yordam hisobga olinmagan holda shakllantiriladi.

«Tolibon» ko‘rayotgan chora-tadbirlarga qaramay, Afg‘onistondagi iqtisodiy vaziyat og‘irligicha qolmoqda. BMT ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatning 39 millionlik aholisidan 22,8 millioni doimiy ravishda to‘yib ovqatlanmaydi, 8,7 million kishi esa ochlikdan aziyat chekmoqda. «Tolibon» Afg‘onistonning 9,4 milliard dollarlik davlat zaxirasining atigi 0,1 foizidan foydalanish imkoniyatiga ega, zaxiralarning katta qismi AQSh tomonidan muzlatilgan.

Kiritildi: 20:02 13.01.2022. O'qildi: 2581 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!