Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

“Tolibon” 2021 yilda Afg‘onistondan O‘zbekiston hududiga olib o‘tilgan harbiy texnikalarni qaytarishni so‘ramoqda

 “Tolibon” 2021 yilda Afg‘onistondan O‘zbekiston hududiga olib o‘tilgan harbiy texnikalarni qaytarishni so‘ramoqda

Bu haqda “Tolibon” hukumati Mudofaa vazirligi bayonotida qayd etiildi.

Bayonotda, shuningdek, joriy yil 4 fevral kuni “Amerika ovozi” nashri e’lon qilgan 7 ta vertolyotning O‘zbekistondan AQShga topshirilganiga oid xabarga ham munosabat bildiriladi.

"Islom Amirligi bu masaladan xavotirda, chunki bu vertolyotlar Afg‘onistonga tegishli bo‘lib, avvalgi ma’muriyat amaldorlari qochib ketganidan keyin O‘zbekistonga olib o‘tilgan, shuning uchun ularni Afg‘onistonga qaytarish kerak. Bu vertolyotlarning har qanday sababga ko‘ra AQShga berilishi biz uchun qabul qilinishi mumkin emas", deyiladi “Tolibon” hukumatining Mudofaa vazirligi bayonotida.

Ma’lumot uchun, 2021 yilning avgust oyida afg‘on harbiylari tomonidan O‘zbekiston hududiga Embraer EMB 314 Super Tucano va Pilatus PC-12 rusumdagi 22 ta harbiy samolyot va UH-60 Black Hawk, MD-530 va Mi-17 rusumdagi 24 ta vertolyot olib o‘tilgan edi.

Kiritildi: 21:10 09.02.2025. O'qildi: 1293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!