Bugun 30 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tokioda sakura gulladi

Tokioda sakura gulladi

Tokioda sakura gullashni boshlagani rasman e’lon qilindi. The Japan Times yozishicha, dushanba, 24 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:00 da Yasukuni ibodatxonasidagi mashhur daraxt gulga kirganini Meteorologiya agentligi e’lon qildi.

Sakura gullash mavsumi bu safar 2024 yilgidan besh kun avval boshlandi.

«Yaponiya meteorologiya uyushmasiga ko‘ra, oxirgi haftada kuzatilgan iliq havo sakuraning erta gulga kirishiga sabab bo‘lgan. Gullash avjiga chiqishi bir haftadan so‘ng, agar iliq havo saqlanib tursa undan ham ertaroq, kuzatilishi aytilmoqda», — deyiladi xabarda.

Mavsumni och pushtirang gullari bilan ajralib turuvchi «somei-yosino» navli sakuralar boshlab beradi. Sakura daraxti 80 foizga yaqin gullari ochilganida to‘liq gulga kirgan hisoblanadi.

Kiritildi: 01:42 25.03.2025. O'qildi: 680 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!