Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

Tokioda haydovchi «o‘lim jazosi» uchun qasos olish maqsadida Yangi yilni nishonlayotgan odamlar ustiga bostirib borgan

A A A
Tokioda haydovchi «o‘lim jazosi» uchun qasos olish maqsadida Yangi yilni nishonlayotgan odamlar ustiga bostirib borgan

Yaponiya poytaxti Tokio shahrining Sibuya tumani hududida haydovchi Yangi yil bayrami kechasida olomon ustiga bosib bordi. To‘qqiz kishi jarohat olgan. 21 yoshli Kadzuxiro Kusakaba qo‘lga olingan. U bu ishlarni o‘lim jazosi uchun qasos sifatida qilganini aytgan. Bu haqda Kommersant’ xabar berdi.

Qo‘lga olingan kishining aytishicha, u ijaraga olingan mashinada ko‘proq odamlar yig‘ilishini kutgan. Yarim tundan so‘ng u olomon ustiga mashinani haydagan va bir necha kishini urib ketgan. Shundan so‘ng u mashinadan chiqqan va qochishga urinib, yonida turgan odamlarni urgan. 20 daqiqadan so‘ng polisiya uni qo‘lga olgan. Uning mashinasidan kerosin solingan idish topilgan. Olomon ustiga bostirib borganidan keyin erkak mashinani yoqib yuborishni rejalashtirgani taxmin qilinmoqda.

Polisiya bo‘limida Kusakaba dastlab teraktni amalga oshirganini aytgan, keyin esa o‘lim jazosi uchun qasos olganini ma’lum qilgan. Hozircha uning qandaydir kishiga belgilangan o‘lim jazosi yoki Yaponiyada mavjud o‘lim jazosi haqida gapirgani noma’lum.

Yoshlar orasida ommabop bo‘lgan ko‘cha hodisa yuz bergan vaqtda mashinalar harakati uchun yopiq bo‘lgan.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 06:27 02.01.2019. O'qildi: 1578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!