Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Tokio fond birjasi rahbari oktyabr oyidagi uzilish sababli iste’foga chiqdi

Tokio fond birjasi rahbari oktyabr oyidagi uzilish sababli iste’foga chiqdi

Tokio fond birjasi bosh direktori Koitiro Miyaxara 1 oktyabrda kuzatilgan tizimdagi uzilish uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olganidan so‘ng iste’foga chiqdi, deb xabar berdi “Japan Exchange Group”.

Ta’kidlanishicha, Miyaxara barcha rahbarlik lavozimlaridan iste’foga chiqadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tokio fond birjasida 1999 yildan beri birinchi marotaba kuzatilgan tizimdagi nosozlik sababli 1 oktyabrdagi sessiya davomida barcha aksiyalar savdosi to‘xtab qolgan.

“Japan Exchange Group” savdo-sotiqning to‘xtab qolishiga kotirovka ma’lumotlarini uzatish bilan bog‘liq uskunalarning noto‘g‘ri ishlashi sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, tizimni zaxira uskunaga o‘tkazish imkoni bo‘lmagan.

Kiritildi: 21:38 30.11.2020. O'qildi: 1634 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!