Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Tojikistonliklar uchun Umra ziyoratiga kelgusi yildan ruxsat beriladi

Tojikistonliklar uchun Umra ziyoratiga kelgusi yildan ruxsat beriladi

Tojikistonlik ziyoratchilar 2021 yil yanvar oyida Saudiya Arabistoniga umra ziyoratiga borishlari mumkin. Tojikiston fuqarolariga Madina va Makka ziyoratlarini uyushtiruvchi sayyohlik kompaniyalari ziyoratlar 2021 yil yanvar oyining birinchi yarmiga qadar to‘xtatilishini e’lon qilgan.

Avvalroq ziyoratchilarning birinchi guruhi noyabr oyi oxirida umra safariga borishi haqida xabar berilgan edi.

“Rasulsoxtmon” sayyohlik kompaniyasi xodimi Abdulmajid Zokirovning “Sputnik Tojikiston”ga bergan xabarida Umra boshlanishi Saudiya Arabistoni rasmiylari tomonidan o‘zgartirilganligi aytilgan.

«Saudiya Arabistoni Haj vazirligi 2021 yil yanvar oyining oxiriga to‘g‘ri keladigan oltinchi qamariy oyda ziyoratchilarni qabul qilishni boshlashni taklif qilgan. Epidemiyaga qarshi choralar bunga sabab bo‘ldi», dedi Zokirov.

Shuningdek, u Saudiya Arabistoni Haj vazirligi pandemiya sababli ziyoratchilarning yoshini cheklab qo‘ygani haqida aytib o‘tgan. Mamlakatga faqat 18 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan shaxslar kirish huquqiga ega.

Kiritildi: 18:30 10.12.2020. O'qildi: 2404 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!