Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Tojikistondagi maxsus operasiyasida xavfsizlik kuchlari ofiseri vafot etdi

Tojikistondagi maxsus operasiyasida xavfsizlik kuchlari ofiseri vafot etdi

Tojikiston sharqidagi Tog‘li Badaxshon avtonom viloyatida o‘tkazilgan aksilterror operasiyasi oqibatida xavfsizlik kuchlari orasidan bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Tojikiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Oqibatda bir ofiser halok bo‘ldi, 13 nafar harbiy xizmatchi og‘ir jarohat oldi”, deyilgan manbada.

Shuningdek, jangarilar tomonidan 8 kishi halok bo‘lgan, 11 kishi yaralangan, terrorchilik guruhining 70 dan ortiq faol a’zosi qo‘lga olingan. Operasiya davomida tinch aholi vakillaridan hech kim jabrlanmagan.

Qayd etilishicha, 200 kishidan iborat uyushgan jinoiy guruh barcha turdagi qurollarni qo‘llagan holda Dushanbe-Xorog‘ avtomobil yo‘lini va Rushon tumani markazidagi 3 nuqtada chegara komendaturasini to‘sib qo‘ygan.

Uyushgan jinoiy guruh a’zolari huquq-tartibot idoralari xodimlarining qurollarni topshirish haqidagi qonuniy talablarini bajarmagan va qurolli qarshilik ko‘rsatgan.

Kiritildi: 23:51 18.05.2022. O'qildi: 2637 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!