Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Tojikistonda Markaziy Osiyodagi eng katta masjid qurilishida 9 kishi halok bo‘ldi

Tojikistonda Markaziy Osiyodagi eng katta masjid qurilishida 9 kishi halok bo‘ldi

Markaziy Osiyodagi eng yirik masjid qurilishida 9 nafar ishchi balandlikdan tushib ketdi. Bu haqda Tojikiston favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi matbuot kotibi Umeda Yusufiga tayanib, Sputnik xabar qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, narvon qulashi natijasida quruvchilar 60 metr balandlikdan tushib ketdi.

Sakkiz nafar jarohatlangan ishchi shifoxonaga yotqizildi.

Yana bir ishchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatildi. Bu ishchi o‘zini yaxshi his qilayotgani sababli shifoxonaga yotishdan bosh tortdi.

Tojikiston poytaxtida yaqin vaqtlarda Markaziy Osiyoda eng yirik masjid qurilishi o‘z nihoyasiga yetadi. Uning maydoni 6 gektar bo‘lib, bu yerda bir vaqtda 120 ming kishi ibodat qilishi mumkin bo‘ladi.

Manba: oxo.uz

Kiritildi: 22:15 25.02.2019. O'qildi: 2058 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!