Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Tojikistonda bosh masjidning ochilishi yana kechiktirildi

Tojikistonda bosh masjidning ochilishi yana kechiktirildi

Tojikiston poytaxtidagi yangi masjid Qatardan kelgan mehmonlar ishtirokida ochiladi, degan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbari Sulaymon Davlatzoda yakuniy matbuot anjumanida. Ayni paytda barcha qurilish va pardozlash ishlari yakunlangan, ammo dunyoda koronavirus tarqalishi sababli ochilish keyinga qoldirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, masjid Tojikiston va Qatarning qo‘shma loyihasi sifatida qurilgan, shuning uchun ham ochilish ikki tomon ishtirokida o‘tkazilishi kerak. Ochilishning aniq sanasi aytilmagan.

2009 yilda birinchi g‘ishti qo‘yilgan masjid qurilishi 2019 yilda tugatilgan, ochilish marosimi o‘sha yilning noyabridan 2020 yil martigacha qoldirilgan edi. Ammo pandemiya boshlanishi sababli u yana noma’lum muddatga kechiktirilgan. Qurilish qiymati 100 million dollarga baholangan, shundan 30 millioni tojik tomoniga tegishli.

Maydon 12 gektarni tashkil etadi, masjidda balandligi 75 metr bo‘lgan 4 minora va 47 metrli gumbaz barpo etilgan. Shuningdek, u yerda kutubxona, muzey, oshxona, avtoturargoh, konferens zallari va boshqa binolar mavjud.

Kiritildi: 19:40 27.07.2021. O'qildi: 2611 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!