Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

Tojikiston tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga keladi

A A A
Tojikiston tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga keladi

ojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda Sputnik Tojikiston yozmoqda.

Ta’kidlanishicha, vazirning Samarqandga safari aprel oyi o‘rtalariga mo‘ljallangan.

“Sirojiddin Muhriddinning Tojikiston delegasiyasi bilan birgalikda tashrifi 13 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya Federasiyasining Afg‘oniston bo‘yicha vazirlar uchrashuvidagi ishtiroki bilan bog‘liq”, - deyiladi xabarda.

Ma’lumki, muzokaralar MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi arafasida bo‘lib o‘tadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, afg‘on muammosi muhokamasiga Xitoy va Pokiston vakillari qo‘shilish niyatida.

Uchrashuvdan maqsad Afg‘onistonga gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarda yordam ko‘rsatish bo‘yicha mintaqaviy sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishdan iborat.

Kiritildi: 17:01 03.04.2023. O'qildi: 2838 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!