An’anaga ko‘ra, Milliy birlik kuniga bag‘ishlangan tantanalar respublikaning biror-bir viloyatida o‘tadi. Bu yil ular respublika shimolida, So‘g‘d viloyatida o‘tmoqda. Asosiy bayram tantanalari Konibodomda prezident Emomali Rahmon ishtirokida bo‘lib o‘tadi. Mamlakat rahbari viloyatga ishchi tashrif bilan kelgan va yangi ob’ektlarni ochadi.
Milliy birlik kuni — Tojikistonning rasman belgilangan bayramlaridan biri. U Tojikiston prezidentining farmoni bilan belgilangan va mamlakatning 1998 yil 22 may kungi qonuni bilan mustahkamlangan.
Manba: daryo.uz