Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Tojikiston koloniyasidagi isyon tashkilotchisi umrbod qamoq jazosiga mahkum qilindi

Tojikiston koloniyasidagi isyon tashkilotchisi umrbod qamoq jazosiga mahkum qilindi

Tojikiston Oliy sudi Xo‘jand koloniyasida uyushtirilgan isyon tashkilotchilaridan biri Amirali Davlatovni umrbod qamoq jazosiga mahkum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

“Ushbu koloniyadagi isyonda ishtirok etgan Amirali Davlatov va 32 nafar boshqa mahkumlar odam o‘ldirish, ozodlikdan mahrum qilish joylarida tartibsizlik keltirib chiqarish, sog‘liqqa og‘ir jarohat yetkazish, hukumat vakiliga qarshilik ko‘rsatish ayblovi bilan qo‘shimcha 15 yildan umrbod qamoq jazosiga mahkum qilindi”, - deya ma’lum qilgan prokuratura vakili agentlikka.

Prokuratura vakilining so‘zlariga ko‘ra, Xo‘jand shahridagi qattiq tartibdagi koloniyada sodir bo‘lgan isyonda ishtirok etganlar ustidan sud jarayoni mart oyida boshlangan va yopiq tarzda o‘tkazilgan. Tergov ma’lumotlariga qaraganda, ular tartibsizliklarga to‘rt oy davomida tayyorgarlik ko‘rishgan. Isyon tashkilotchisi rejasiga ko‘ra, Davlatov o‘sha kecha yaqinlari bilan uchrashishga kelgan mahkumlar xotinlarini garovga olishi kerak bo‘lgan. Biroq kutilmaganda chiroq o‘chganligi bois u o‘z rejasini amalga oshira olmagan.

Tojikistonning Xo‘jand shahridagi qattiq tartibdagi koloniyada 2018 yil 8 noyabrda mahbuslar isyon ko‘tardi. Isyon oqibatida 21 nafar mahbus va 2 nafar qamoqxona xodimi o‘ldirildi. Bundan tashqari, 5 nafar soqchi og‘ir yarador bo‘ldi. So‘g‘d viloyati maxsus xizmati xodimlari isyonni bostirishga muvaffaq bo‘lgan.

Manba: sof.uz

Kiritildi: 20:30 14.08.2019. O'qildi: 1277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!