Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Tojik-qirg‘iz chegarasida otishma ro‘y berdi

Tojik-qirg‘iz chegarasida otishma ro‘y berdi

Bugun, 24 may kuni Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida otishma sodir bo‘ldi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston nashri mamlakat Davlat chegara xizmati ma’lumotiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Qirg‘iz tomonining xabariga ko‘ra, chegarachilar Batkent viloyati hududida Tojikistonning Vorux qishlog‘i aholisining mol boqishga bo‘lgan urinishini oldini olishgan.

“Soat 11:40 da Qirg‘iziston va Tojikiston chegarachilari o‘rtasida qisqa otishma sodir bo‘ldi. Qirg‘iziston chegarachilari tomonidan jabrlanganlar yo‘q”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, soat 12:20 da voqea joyiga yetib kelgan ikki davlat chegara vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. Hozir qirg‘iz-tojik chegarasining ushbu hududida vaziyat barqaror. Tomonlar ushbu hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Tojik tomonining hodisa bilan bog‘liq bayonoti hozircha e’lon qilinmagan.

Kiritildi: 15:37 24.05.2020. O'qildi: 5623 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!