Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Togri.uz" saytining yopilishi siyosatga bog‘liqmi? Allamjonov javob berdi

"Togri.uz" saytining yopilishi siyosatga bog‘liqmi? Allamjonov javob berdi

Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov «Togri.uz» saytining yopishili yuzasidan fikr bildirdi.

«Togri.uz» internet nashrining faoliyati afsuski uzoq vaqt davom etmadi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, «Togri.uz» sayti faoliyati to‘xtatilgani bu ta’sischilarning ichki va shaxsiy masalasi bo‘lib, siyosiy sabablarga aslo bog‘liq emas. 

Shu bilan birga, Agentligimiz yurtimizdagi ommaviy axborot vositalarining soni yanada ko‘payishi, ularning senzuradan xoli, erkin faoliyat ko‘rsatishi tarafdori bo‘lib, buning uchun biz barcha imkoniyatlarni yaratishga tayyor ekanligimizni ta’kidlamoqchiman. 

Axborot makonidagi raqobat va xilma-xillikdan eng avvalo, xalqimiz va davlatimiz manfaatdor bo‘ladi. Xolis, ma’lum bir shaxslar maqsadlari uchun emas, balki el-yurt farovonligiga xizmat qiladigan OAVlar rivojlanaversin va ko‘payaversin!"

Kiritildi: 16:26 15.10.2019. O'qildi: 1983 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!