Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Tish tozalamaslik impotensiyaga olib keladi - olimlar

Tish tozalamaslik impotensiyaga olib keladi - olimlar

Xitoylik olimlar impotensiyani yaxshi parvarish qilinmagan tishlar bilan bog‘lashmoqda, deb yozadi The Journal Of Sexual Medicine.

Aniq bo‘lishicha, yomon gigiyena tufayli yuzaga kelgan milk kasalliklari erkaklar jinsiy a’zosini qon bilan ta’minlab turuvchi qon tomirlari zararlanishi ehtimolini oshirar ekan. Mutaxassislar tadqiqot davomida 200 ming nafar erkakni tekshirishgan va ushbu muammolar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik borligini aniqlaganlar.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatganki, periodont kasalliklari bilan og‘riydigan erkaklar jinsiy qovushish uchun kerak bo‘lgan ereksiyaga o‘zlarining sog‘lom sheriklariga ko‘ra uch barobar ortiq erisha olmaganlar.

Bu singari muammolarning oldini olish uchun tishlarni bir kunda ikki marta tozalash va tishlar oralig‘ini tozalash uchun tish iplaridan foydalanish tavsiya etilgan.

Kiritildi: 19:00 11.01.2019. O'qildi: 2076 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!