Tinchlik rejasi bo‘yicha dastlabki hujjatlar yanvarda imzolash uchun tayyor bo‘ladi. Bu haqda Ukraina prezidenti xabar berdi.
Vladimir Zelenskiyning ta’kidlashicha, Rossiyaning ayblovlariga qaramay, Ukraina AQSh bilan har kuni tinchlik kelishuvi ustida ishlamoqda.
"Bugun ham bizning guruhimiz va amerikaliklar o‘rtasida bir necha bor qo‘ng‘iroqlar bo‘ldi. Rossiya referendum o‘tkazishni istamaydi va o‘t ochishni to‘xtatishga yo‘l qo‘ymaslik uchun doimiy ravishda bahonalar topadi", — deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.