Bugun 27 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Timur Turlov FIDE prezidenti etib saylandi

Timur Turlov FIDE prezidenti etib saylandi

Freedom Holding asoschisi va bosh direktori, Qozog‘iston Shaxmat federasiyasi rahbari Timur Turlov Xalqaro shaxmat federasiyasi (FIDE) prezidenti etib saylandi. Saylov 26 sentyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan FIDE Bosh assambleyasida o‘tkazildi.

Prezidentlik uchun uch nafar nomzod — Turlov, nemis tadbirkorlari Yan-Xenrik Byuttner va Vadim Rozenshteyn kurashdi. Birinchi turda Turlov 96, Rozenshteyn 76, Byuttner esa 20 ovoz oldi. Hech bir nomzod zarur ko‘pchilik ovozini to‘play olmagani uchun ikkinchi tur o‘tkazildi.

Ikkinchi turda Turlov 110 ovoz bilan g‘alaba qozondi. Rozenshteyn 85 ovoz oldi.

Shaxmat bo‘yicha 15-jahon chempioni Vishvanatan Anand Turlov bilan birgalikdagi saylov ro‘yxati tarkibida FIDE prezidenti o‘rinbosari etib saylandi.

38 yoshli Turlov FIDE tarixida saylangan eng yosh prezident bo‘ldi. U Moskvada tug‘ilgan, 2022 yilda Rossiya fuqaroligidan voz kechib, Qozog‘iston fuqaroligini olgan.

2018 yildan beri FIDE prezidenti lavozimini Arkadiy Dvorkovich egallab kelayotgan edi. U 2026 yil iyul oyida Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilganidan so‘ng prezidentlik vazifasini vaqtincha to‘xtatgan va yangi saylovlarda ishtirok etmaslikka qaror qilgan.

Kiritildi: 20:04 26.09.2026. O'qildi: 484 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!