Rossiyalik reper Timatining 27 noyabr kuniga belgilangan yakkaxon konsert dasturi boshqa maydonchaga ko‘chirildi, deb xabar qilmoqda tadbir tashkilotchilari.
“Taniqli reperning konserti Anhor Lokomotiv parkida emas “Xalqlar do‘stligi” saroyida bo‘lib o‘tadigan bo‘ldi. Konsert sanasi o‘zgarmadi: 27 noyabr soat 20:00da”, - deyilgan xabarda.
Tashkilotchilar aytishiga qaraganda konsert maydonchasini o‘zgartirish muxlislar tomonidan kelib tushgan “ko‘plab iltimoslarga asosan” amalga oshirilgan. Allaqachon chipta sotib olishga ulgurgan fuqarolar ularni qaytarishlari yoki teng qiymatli chiptalarga almashtirishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, konsert bilan bir vaqtda Toshkentda mashhur reper asos solgan Black Star Burger restoranlaridan biri ham ochilishi rejalashtirilgan.