Bugun 16 iyun, 2024 yil, yakshanba

КИР

TikTok Xitoyning eng qimmat brendiga aylandi

TikTok Xitoyning eng qimmat brendiga aylandi

TikTok/Douyin TOP 500 brend ro‘yxatiga ko‘ra Xitoyning eng qimmat brendiga aylandi. Bu haqda Brand Finance xabar berdi.

TikTok Xitoyning sanoat va tijorat bankini (ICBC) ortda qoldirdi. Uning qiymati 3 foizga oshib, 71,8 milliard dollarga yetdi. WeChat esa Xitoy brendlari orasida eng kuchli brend bo‘ldi.

Xitoyning restoran sektorida AAA+ reytingiga ega bo‘lgan eng kuchli restoran brendi sifatida Haidilao paydo bo‘ldi. Keyingi o‘rinni Luckin Coffee egalladi.

Bu mamlakatdagi eng yaxshi avtomobil brendi BYD qiymati 20 foizga oshib, 12,1 milliard dollarga yetdi. Shu boisdan ham u reytingda birinchi o‘rinda.

Eslatib o‘tamiz, BYD 2023 yil oxirida elektromobillar savdosi bo‘yicha Tesladan o‘zib ketdi. Aksincha, Tesla brendining qiymati 12 foizga kamayib, 58,3 milliard dollarni tashkil etdi.

Kiritildi: 22:23 19.05.2024. O'qildi: 1707 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!