Aslida, bu haqdagi qonun o‘tgan yili aprelda chiqqan. Lekin “TikTok”ka egalik qiluvchi Xitoy kompaniyasi qonunga qarshi kurashib, sudga shikoyat qilgan edi.
Ish AQSh Oliy sudigacha yetib bordi. Oliy sud bugun chiqargan hukmga ko‘ra, qonunda milliy xavfsizlik bo‘yicha keltirilgan vajlar asosli va qonun o‘z kuchida qoladi.
Demak, yangi hukmga ko‘ra, yakshanbadan boshlab Apple Store, Google Play Market kabi platformalar “TikTok” ilovasini o‘z tizimidan o‘chirishi kerak.
Ammo qonun ijrosini nazorat qilish Adliya vazirligi nazoratida ekanini va Trampda “TikTok”ni saqlab qolish niyati borligini hisobga olsak, ilovaning AQSh onlayn resurslaridan g‘oyib bo‘lishi tez orada sodir bo‘lmasa kerak.
Mish-mishlarga ko‘ra, “TikTok” Ilon Maskka sotilishi ham mumkin.