Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Tezkor! Toshkentda ayol kishiga qo‘l ko‘targan, eshiklarni sababsiz tepib, mashinalarning ustiga sakraydigan yigit qo‘lga olindi

Tezkor! Toshkentda ayol kishiga qo‘l ko‘targan, eshiklarni sababsiz tepib, mashinalarning ustiga sakraydigan yigit qo‘lga olindi

Internet tarmog‘ida “Ekaterina Starinkova” ismli foydalanuvchi 13-fevral kuni Mirzo-Ulug‘bek tumani Darxon ko‘chasida ichida 10 oylik o‘g‘li bo‘lgan bolalar aravachasi bilan sayr qilayotganida, taxminan 25-30 yoshli noma’lum shaxs uni yelkasidan urganligi haqida xabar e’lon qildi. 

Ushbu fakt bo‘yicha Mirzo-Ulug‘bek tumani IIO FMB xodimlari tekshiruv o‘tkazdilar va quyidagilarni aniqladilar.

Haqiqatdan ham voqea 2020 yili 13-fevral kuni kunduzi Mirzo-Ulug‘bek tumani Darxon ko‘chasida ro‘y bergan. Yosh yigit hech qanday sababsiz 34 yoshli Ye.Z.ni yelkasidan urgan. Yigitni shaxsi aniqlanib, u 34 yoshli F. A. ekanligi, shuningdek u tungi vaqtda sababsiz avtomobillar ustiga chiqib sakrashi, eshiklarni tepishi ma’lum bo‘ldi. Mirzo-Ulug‘bek IIO FMB –son ichki ishlar bo‘limi xodimlari F.A. haqida Shahar klinik psixiatriya shifoxonasiga xabar berishdi, hozirda F.A. o‘sha yerda.  

Ijtimoiy tarmoqlardagi post egasi bilan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor katta leytenant Tamar Molashxiya va profilaktika katta inspektori katta leytenant Xasad Abdullayevlar bog‘lanib, olib borilgan ishlar haqida xabar berishdi. Bu haqda Ye.Z. alohida xabar orqali ijtimoiy tarmoqda ma’lumot berdi.

Kiritildi: 17:25 24.02.2020. O'qildi: 4968 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!