Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Tezkor! 1 iyuldan karantin kuchaytiriladi. Nimalar taqiqlanadi?

Tezkor! 1 iyuldan karantin kuchaytiriladi. Nimalar taqiqlanadi?

Epidemiologik vaziyat yomonlashganini inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasi tegishli qarorlarni qabul qildi.

Joriy yil 1 iyul sanasidan boshlab:

— respublikaning barcha hududlarida yirik buyum bozorlari hamda buyum savdosi bilan shug‘ullanadigan yirik savdo majmualari haftaning shanba va yakshanba kunlari sanitariya-dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish uchun yopiladi;

— “qizil” va “sariq” hududlarda soat 07.00 dan 23.00 ga qadar jamoat joylarida uch kishidan ortiq to‘planish hamda 23.00 dan 07.00 ga qadar ko‘chalarda, ko‘p qavatli uylar va hovlilar oldida bo‘lish taqiqlanadi;

Bunda: 
faqatgina fuqarolarning salomatligi yomonlashganligi, homiladorligi munosabati bilan shifokor ko‘rigidan o‘tish uchun davolash muassasasiga yoxud zarur dori-darmon xarid qilish maqsadida dorixonaga borib-kelishiga ruxsat beriladi.

— “qizil” va “sariq” hududlarda haftaning shanba va yakshanba kunlarida jamoat transporti harakati kamaytiriladi.

Kiritildi: 11:42 30.06.2020. O'qildi: 18607 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!